Admin 28-01-2021 15:32 230

Sayyor qabul – murojaatlarni oqilona hal qilishning muhim omili

Sayyor qabul – murojaatlarni oqilona hal qilishning muhim omili
Hozirgi kunda, barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʼyicha jonli va amaliy muloqot tarzidagi sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Joylarda oʼtkazilayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, aholining muammolarini ijobiy va samarali hal etishda muhim oʼrin tutadi.

Gidroenergetika tizimidagi ishchi-xodimlar bilan doimiy muloqot, amaliy uchrashuvlar olib borish, ularning muammolarini oʼrganish va ijobiy yechim topish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida, “Oʼzbekgidroenergo” АJ Boshqaruvi raisi Аbdugʼani Sanginov rahbarligida “Toshkent GESlar kaskadi” unitar korxonasida sayyor qabul oʼtkazildi.

Tadbir davomida kaskad ishchi-xodimlari soʼzga chiqib, korxonadagi ishchi holat, yaratilgan sharoitlar, mavjud muammo va kamchiliklar borasida oʼzlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, “ustoz-shogird” tizimi shaklida yangi ish oʼrinlarini yaratish, ushbu jarayonda yosh kadrlarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taklifi ilgari surildi.

Jamiyat boshqaruvi raisi А. Sanginov tomonidan sayyor qabulda koʼtarilgan masalalar yuzasidan bajarilishi lozim boʼlgan amaliy chora-tadbirlar borasida masʼul ijrochilarga zaruriy koʼrsatmalar berildi.

Hamkorlar