Admin 24-03-2021 18:38 241
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida ID-30780 Mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subʼektlarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishi uchun zarur huquqiy asos shakllantirilgan, ushbu sohada axborot tizimlardan foydalanishga imkoniyat yaratilgan, shartnomalarni tuzish erkinligi kafolatlangan.
Admin 25-03-2021 10:55 262
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 24 mart kuni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi. Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2018 yildagi farmonlari bilan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari qabul qilingan edi. Ushbu dasturlar doirasida 5 millionga yaqin yurtdoshimiz yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloqdagi sharoitlar yaxshilandi. Lekin oʼtgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli bu boradagi ishlar vaqtincha toʼxtatilgan edi. Bugungi kunda yurtimizda sharoiti ogʼir boʼlgan 796 ta qishloq va shaharlarda 188 ta mahalla mavjud. 4 mingdan ziyod mahallaning elektr taʼminoti qoniqarsiz ahvolda.
Admin 24-03-2021 11:02 228
Maʼlumki, energetika sohasi har qanday mamlakat iqtisodiyotida asosiy tarmoq hisoblanadi. Maʼlumotlarda keltirilishicha, Аfgʼoniston Islom Respublikasi energetika sektorini barpo etish va rivojlantirish borasida qoʼshni mamlakatlar energetikasini rivojlantirish darajasidan ancha orqada qolmoqda. Bugungi kunda, Аfgʼoniston ulkan energetik salohiyatga ega boʼlishiga qaramasdan, mamlakat iqtisodiyotning ushbu asosiy tarmoqlari faoliyatidagi isteʼmol kesimi qoʼshni mamlakatlar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hissasiga toʼgʼri kelmoqda. Аfgʼoniston gidroenergetika resurslari tahlili shuni koʼrsatadiki, ushbu mamlakat turli xil gidroelektr stantsiyalar (GESlar) qurish uchun ulkan salohiyatga ega boʼlib, nafaqat katta, balki istiqbolli – mikro va mini GESlar ham katta sarmoya talab qilmaydi. Bu borada, Аfgʼonistonda energiyani rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli loyihalari ishlab chiqilgan boʼlib, hozirda turli xil anʼanaviy va noanʼanaviy qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Аfgʼonistonning asosiy gidroenergetik salohiyati Quyi Аmudaryo, Bartang, Vohandaryo, Gari Rud, Qobul, Kushka, Murgʼob, Panjisher, Panj, Yarkhun kabi daryolar hisobiga toʼgʼri keladi. Аmudaryo Аfgʼonistondagi eng muhim energiya manbai hisoblanib, mamlakat umumiy resurslarining 50% ini tashkil etadi.